Joriy yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Narxlar statistikasi boshqarmasi boshligʻi M.Umarov, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshligʻi A.Mamadjanov, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshligʻi U.Madaminov, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari U.Obidov, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Pul-kredit siyosati departamenti rahbari N.Achilov hamda Markaziy bank xodimlari ishtirok etishdi.

1-photo_5269457455652391788_y

Davra suhbatini Statistika agentligining Narxlar statistikasi boshqarmasi boshligʻi M.Umarov “Oʻzbekiston Respublikasida Isteʼmol narxlari indeksi” mavzusidagi taqdimoti bilan boshladi. Taqdimotda isteʼmol narxlari indeksi hisob-kitoblarini takomillashtirish boʻyicha soʻnggi yillarda tizimda amalga oshirilgan ishlar, qoʻllanilayotgan uslubiyot, jarayonlarga raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Taqdimot yuzasidan ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

2-photo_5269457455652391787_y

Shuningdek, davra suhbatida Statistika agentligining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshligʻi U.Madaminov uy xoʻjalikalari tanlanma kuzatuvlarini oʻtkazish amaliyoti hamda aholi umumiy daromadlarini hisoblash uslubiyoti boʻyicha atroflicha maʼlumotlar berdi.

3-photo_5269457455652391784_y

Davra suhbati davomida Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshligʻi A.Mamadjanov yalpi ichki mahsulotni shakllantirish usullari, yalpi ichki mahsulot deflyatorini hisoblash, yalpi ichki mahsulotni sof choraklar boʻyicha hisoblash, investitsiyalar boʻyicha statistik maʼlumotlarni shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik boʻyicha yalpi qoʻshilgan qiymatni shakllantirish uslubiyoti, amaliyoti hamda kursatkichlarni shakllantirish muddatlari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berdi.

4-photo_5269457455652391785_y

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish uslubiyoti va amaliyotini yanada takomillashtirish masalalarida ham oʻzaro fikr almashdilar.

Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.

Matbuot xizmati