Joriy yilning 30- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda agentlikning markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

1-7b5a3118

Tadbirni Statistika agentligi direktori o`rinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich ochib berib, bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar, jumladan, taʼlim tizimi, fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlari, xususiy mulkchilik shakllari  boʻyicha belgilanayotgan oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

2-7b5a31083-7b5a3125

 Shuningdek, shu yilning 30- aprelida yurtimizda boʻladigan siyosiy tadbir – referendumda fuqarolarning faol ishtirok etishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

4-7b5a3128

Tadbirda taʼkidlanganidek, yangi Konstitutsiyamiz 128 moddadan 155 moddaga koʻpayadi va normalar soni esa 275 tadan 434 taga yetadi. Shu asosida 27 ta yangi moddalar qoʻshilishi kutilmoqda.

5-7b5a3159

Yangi Konstitutsiyada inson huquqlariga oid normalar 3 barobarga, aholi salomatligini asrash bilan bogʻliq boʻlgan normalar 4 barobarga koʻpaytirilmoqda. Bu oʻzgarishlar asosida mustaqil Oʻzbekiston – ijtimoiy, huquqiy davlat deb belgilanmoqda.

6-7b5a3134

Ushbu yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari  va qonuniy manfaatlari hamda xususiy mulkchilik shakllarining qonuniy himoyasi ilgʻor jahon tajribasi asosida toʻliq shakllantiriladi.

7-7b5a3112

Matbuot xizmati