O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida joriy yilning 31-mart kuni Guliston davlat universitetida Statistika agentligi hamda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan universitet talabalariga davra suhbati tashkil etildi.

1-photo_2023-03-31_11-53-33

Ushbu davra suhbatida Statistika agentligi Sanoat statistikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Elyor Babaxanov, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Salohiddin Yaxyayev, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

2-photo_2023-03-31_11-53-30

Davra suhbatida dastlab, Elyor Babaxanov O‘zbekiston Respublikasida sanoat statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish, sanoat statistikasiga oid atamalar, iste`mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmlarini hisoblash usullari, ishlab chiqarish mahsulotlarini texnologik turlari bo‘yicha hisoblash usullari haqida talabalarga batafsil tushunchalarni berib o‘tdi.

3-photo_2023-03-31_11-53-25

Shuningdek, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Salohiddin Yaxyayev kun tartibidagi masalalar bo‘yicha talabalarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

4-photo_2023-03-31_11-53-29

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Davra suhbati yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

5-photo_2023-03-31_11-53-286-photo_2023-03-31_11-53-26

Matbuot xizmati