Termiz muhandislik-texnologiya institutida Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish va viloyatning demografik holati bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, institutning professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi boshlig‘i S. Ostonov demografiya va mehnat statistikasi tushunchasining mazmun-mohiyati, statistik hisobotlarning shakllanishi, aholi soni va uning tarkibi, tugʼilganlar, vafot etganlar, tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralganlar soni, aholining tabiiy oʼsishi boʼyicha batafsil tushunchalar berdi.

Shuningdek, respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.


Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.
Matbuot xizmati


