2023- yil 1- yanvar holatiga, Farg‘ona viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 075,2 ming boshni (2022- yil 1- yanvar holatiga nisbatan 101,9 %), shundan sigirlar – 387,6 ming boshni (102,2 %), qo‘y va echkilar – 918,4 ming boshni (102,8 %), otlar – 10,4 ming boshni (104,7 %) hamda parrandalar – 8 499,1 ming boshni (104,4 %.) tashkil etdi.



