2022- yil yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,0 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 2,6 % ni, sanoat – 4,4 % ni, qurilish – 2,0 % ni, xizmatlar sohasi – 6,3 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 4,3 % ni tashkil etdi.



