Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Migratsiyaga oid statistik ma’lumotlar bilan ishlash: mavjud amaliyot va istiqboldagi rejalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

1_20230503091347_7j1a88922_20230503091323_7j1a8888

Mazkur davra suhbatida Markaziy Osiyo mamlakatlari statistika idoralarining yuqori darajadagi vakillari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari, MXT mutaxassislari va ekspertlari, shuningdek, O‘zbekistonning tegishli davlat idoralari, Qozog‘iston, Qirg‘iz va Tojikiston davlat idoralari, MXTning Venadagi Mintaqaviy ofisi, Markaziy Osiyo davlatlaridagi missiyalarining vakillari ishtirok etmoqda.

3_photo_2023-05-03_11-24-44-24_photo_2023-05-03_11-24-47

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich tadbirni tashkil etishdagi hamkorligi uchun Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda ishtirokchilarni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutladi hamda mavzuga oid xalqaro uchrashuvlarning ahamiyati, migratsiyaga oid statistik ma’lumotlarning dolzarbligi haqida gapirib o‘tdi.

5_20230503112609_7j1a90596_photo_2023-05-03_11-24-44

Shuningdek, Statistika agentligining boshqarma boshliqlari Odiljon Mamadaliyev va Zoyir Yuldoshev so‘zga chiqib, mamlakatimizda migratsiyaga oid statistik ma’lumotlarning shakllantirilishi, ma’lumotlar tarkibi va sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida ishtirokchilarga taqdimot qildi hamda savollarga atroflicha javoblar berildi.

7_20230503101925_7j1a9002

Davra suhbati davom etmoqda.

Matbuot xizmati