Joriy yilning 5-may kuni Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan respublika ilmiy anjumani tashkil etildi.

1-img_8262

Tadbirda Buxoro viloyat hokimining birinchi o`rinbosari Jamshid Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Ro‘yxatga olish jarayonlarni tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi Ro‘yxatga olishni tashkil etish va ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘limi boshlig‘i Nurali Shukurov, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori Mamayunus Pardayev, O‘zbekiston Milliy universiteti professori Shohmansur Shoha’zamiy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori Radjapbay Dusmuratov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali rahbari Zafar Djumayev ishtirok etishdi.

2-photo_5379774566823478269_y3

Respublika ilmiy anjumanida Ro‘yxatga olish jarayonlarni tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi Ro‘yxatga olishni tashkil etish va ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘limi boshlig‘i Nurali Shukurov  aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ro‘yxatga olish toʻgʻrisida”gi qonunining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

45-photo_5379774566823478283_y

Shuningdek, tadbirda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

6-photo_5379774566823478290_y-1

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

7-

Matbuot xizmati