Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan xizmatlar sohasi statistikasi bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda Statistika agentligi vakillari, Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, universitetning professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.


Tadbirda Statistika agentligining Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarma boshlig'i Abdug‘оfur Mirzaxidov ko'rsatilgan bozor xizmatlari hisobining hususiyatlari, iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha asosiy turdagi xizmatlarning tarkibi bo'yicha batafsil tushunchalar berdi.

Shuningdek, respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ham ma'lumotlar berildi.

Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

Matbuot xizmati


