2023-yilning 19- may kuni Statistika agentligida urbanizatsiya darajasini baholash metodologiyasini joriy etish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

1-7b5a54352-7b5a5411

Unda Statistika agentligining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi bosh mutaxassisi Sardаr Guseynov hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va axborotlashtirish interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Zufar Toymasov taqdimot qilishdi.

3-7b5a5397

Taqdimotchilar shu yil 8–12- may kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida BMTning Statistika bo'limi, BMT Habitat va Yevropa Komissiyasi tomonidan tashkil etilgan urbanizatsiya darajasini baholash metodologiyasini amalga oshirish o‘quv seminari natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi.

4-7b5a53224

Shuningdek, urbanizatsiya darajasini baholash metodologiyasini joriy etish, shahar va qishloq joylarini ilmiy asosda bo‘lib chiqish, GIS texnologiyalaridan foydalangan holda aholini ro‘yxatga olish, aholini ro‘yxatga olish natijalarini e’lon qilishda GIS texnologiyalaridan foydalanish masalalarida fikr-mulozalar bildirildi.

5-7b5a5422

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

6-7b5a5323