Joriy yilning 17-18-may kunlari ilk bor Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan “Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi” bo‘lib o‘tdi.

rasm1

 Forumda dastlab O‘zbekistonda davlat rahbarining tashabbusi bilan davlat idoralari faoliyatining ochiqligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasiga bag‘ishlangan taqdimot xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola etildi.

rasm2

 Ilk marotaba o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o`rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich hamda Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'I Sultanov Akrom Amanovich ishtirok etdilar. Budan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlarining masʼul davlat idoralari vakillari hamda xalqaro va nodavlat tashkilotlarning yetakchi ekspertlari ishtirok etdilar.

rasm3

 Forum mobaynida, shuningdek, Fransiya, Germaniya, Sloveniya hamda Argentina kabi davlatlardan xalqaro ekspertlar ham davlat organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash sohasidagi o‘z tajriba va ilg‘or amaliyotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

rasm4

rasm5

 Mazkur tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun natijador tajriba almashish, davlat idoralari faoliyati ochiqligini yanada oshirish hamda xalqaro ilmiy hamkorligini yanada rivojlantirish hisoblanadi.