2020- yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda statistika tizimini rivojlantirish, sohada mutaxassis-kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan alohida vazifalar berilgan edi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida memorandum imzolanib, universitetda “Statistika ilmiy-amaliy laboratoriyasi” ochilgan edi. Unda turli amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan ana shunday tadbirlardan navbatdagisi moliyaviy hisobotlarning milliy va xalqaro standartlarda yuritilishi, 2023- yilda soliq, bojxona, buxgalteriya hamda boshqa normativ hujjatlarga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar xususida bo‘ldi.
Mazkur o‘quv-seminarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining markaziy apparati hamda hududiy statistika boshqarmalarning bosh buxgalterlari ishtirok etdi.
O‘quv-seminarida ishtirokchilar soliq, bojxona, buxgalteriya hamda boshqa normativ hujjatlarga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar borasida o‘zaro fikr-mulohaza almashdilar.