08/06/2023

Joriy yil 6- iyun kuni Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan senatorlar, qo‘mita ekspertlari guruhi aʼzolari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosining borishi muhokama qilindi.

1-pdc7khkelpfxvr1fcacmysfepuaa30

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi mutaxassislari ham ishtirok etishdi.

2-c5vj5cibjswjqxpzb0ufydjtym5mgq

Dastavval gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha maʼlumot berildi.

3-vnzefuycrvint56e1wvle4waois1ij

Senatorlar tomonidan Gender tenglikka erishish strategiyasida belgilab berilgan vazifalar, chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda bu boradagi ishlarni kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

4-d4omvvoykws34fqmtfdsmhhiy6zzva

Muhokama jarayonida o‘z vaqtida bajarilmayotgan ayrim vazifalar ijrosiga eʼtibor qaratilib, vazirlik va idoralarga tegishli tavsiyalar berildi.

5-a747tyku0sktlvg61dthxcdi2wmvjw

Muhokama yakunida qo‘mitaning bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan qarori qabul qilindi.