2023- yilning 8- iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti qoshidagi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda Andijon mashinasozlik instituti mustaqil izlanuvchisi, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti rektori Toʻychiboyev Nozimjon Soliyevich 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari ixtisosligigi boʻycha “Kompaniya boshqaruv tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan (DSc) dissertatsiyasining himoyasi boʻlib oʻtdi.
Shunigdek, Statistika agentligining Protokol xizmati bosh mutaxassisi, Kadrlar malakasini oshirish va statistika tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi Sharipov Bobur Anvar oʻgʻlining 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligida “Kichik biznes sohasini iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini statistik baholash (Toshkent viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi oʻtkazildi.
Mazkur dissertatsiya ishlari himoyasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati tarmoq boshqarmalari rahbarlari ham onlayn kuzatib borishdi.
Himoya natijalariga koʻra, dissertantlarga iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) hamda iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishga qaror qilindi va Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatidan Kengash qarorini tasdiqlab berish soʻraldi.
Axborot xizmati