2023- yilning 5–9- iyun kunlari Tailandning Bangkok shahrida BMTning Osiyo va Tinch Okeani hududi bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan Osiyo va Tinch Okeani hududida tabiiy ofatlar bilan bog‘liq ma’lumotlar statistikasini takomillashtirish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

1-20230605_150500

Yig‘ilishda Avstraliya, Armaniston, Bangladesh, Butan, Fiji, Vanuatu, Kiribati, Yangi Zelandiya, Pokiston, Hindiston, Eron, Shri-Lanka, Malayziya, Filippin, Tailand, Mo‘g‘uliston, Gruziya va O‘zbekiston mamlakatlari vakillari ishtirok etdi.

2-1686713798509

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi, Ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i Shayxali Abduraxmanov ham qatnashdi.

3-20230605_153550

Shuningdek, BMTning Osiyo va Tinch Okeani bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Qochoqlar bo‘yicha boshqarmasi, BMTning Bolalar jamg‘armasi, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Jahon Banki va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari qatnashdi. 

4-20230605_171226

Tadbir davomida Osiyo va Tinch Okeani mintaqasida tabiiy ofatlar statistikasi: Barqaror rivojlanish maqsadlari 1-, 11- va 13- ko‘rsatkichlari uchun tabiiy ofatlar statistikasini takomillashtirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.