2023- yil 15- iyun kuni Toshkent moliya institutidagi “Statistika ilmiy-amaliy laboratoriyasi”da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda Statistika agentligi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Madaminov Umid Kanjaboyevich institut o‘qituvchi va talabalariga “O‘zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasi statistikasi” mavzusida taqdimot qildi.

Taqdimotda Aholi turmush darajasini o‘rganishning uslubiy jihatlari, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari hajmi, tanlanma to‘plamini shakllantirish bosqichlari, uy xo‘jaligi kuzatuvi savolnomalari, suningdek, aholi umumiy daromadlarini hisoblash uslubiyoti to‘g’risida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish hamda talabalar uchun ham amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi.

Statistika agentligi mutaxassisi tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

Matbuot xizmati


