2023-yilning 12–15- iyun kunlari Turkiyaning Anqara shahrida aholi registrga asoslangan aholini ro‘yxatga olish usuliga o‘tishning afzalliklari boʻyicha seminar o‘tkazildi.

1-photo_2023-06-15_13-27-47

Mazkur seminar BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Statistika boʻlimi, BMTning Yevropa Iqtisodiy qo‘mitasi, BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi, BMTning Osiyo va Tinch okeani instituti, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi hamda Turkiya statistika instituti hamkorligida tashkil etildi.

2-photo_2023-06-13_17-44-35

Xalqaro seminarda Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari va turkiyalik mutaxassislar ishtirok etdi.

3-photo_2023-06-15_11-30-17

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Aholini roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi bo‘lim boshliqlari Nurali Shukurov va Kuatbay Saparov hamda Navoiy viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Asqar Tashnazarov qatnashdi.

4-photo_2023-06-12_15-52-54

Seminar davomida aholini ro‘yxatga olishning an’anaviy usulidan aholi reyestrga asoslangan usulga o‘tishning afzalliklari boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi.

5-photo_2023-06-20_09-08-18