Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar va gender tenglik masalasi nihoyatda dolzarb va bu davlatimiz siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Shu bois xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, munosib turmush va mehnat sharoitlarini yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

1_7b5a6007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Gender tenglik faoli – 2022” milliy tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Statistika agentligi rahbariyati va jamoasi qatnashdi.

2_7j1a4669

Tadbirni Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich ochib berib, mamlakatimizda gender tenglik masalalariga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va masʼullar oldiga qoʻyilayotgan dolzarb vazifalar borasida alohida toʻxtalib oʻtdi.

3_7j1a4601

Shundan soʻng,  Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Kadirxanova Malika Akbarovna hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nurmatova Mukarram Ahmedovna “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida Agentlik xodimlariga batafsil tushuntirish berdi.

4_7j1a4638

Tadbir davomida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi “Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal” nominatsiyasida 1-darajali diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

5_7j1a4722

Maʼlumot oʻrnida, “Gender.stat.uz” veb-saytining barcha boʻlimlarida bugungi kunda jami 180 dan ziyod gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylashtirilgan boʻlib, maʼlumotlarning tarkibi va sifati doimiy ravishda oshirib borilmoqda.

6_7j1a4729

Shuningdek, Statistika agentligi tomonidan har yili “Ayollar va erkaklar” statistik toʻplami nashr qilib kelinmoqda.

7_7j1a4911

Agentlikning veb-saytlarida press-relizlar koʻrinishida, ommaviy axborot vositalarida maqolalar, videoroliklar va ijtimoiy tarmoqlarda infografikalar va topiklar koʻrinishida gender statistikasiga oid maʼlumotlar eʼlon qilib borilmoqda.