O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligda 2023-yil 5–9-iyun kunlari Tailandning Bangkok shahrida tabiiy ofatlar bilan bog‘liq ma’lumotlar statistikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan seminar natijalari yuzasidan taqdimot tashkil etildi.


Tadbirda Ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i Shayxali Abduraxmanov xizmat safari natijalari va taassurotlari bo‘yicha so‘z yuritdi.


Tadbir davomida Sh.Abduraxmanov Bangkokdagi seminarda ishtirok etgan davlatlar va ularning ish tajribasi bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.


Seminar davomida yuqoridagi mavzular bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.


