Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida turli vazirlik, idora va tashkilotlarning markaziy apparat xodimlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Hukumat kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Joriy yil 23-oktabr kuni Statistika agentligining markaziy apparat xodimlaridan iborat jamoa ham ishtirok etdi.

Statistika agentligi jamoasi dastlabki o‘yinda Bojxona qo‘mitasi jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 1/8 final bosqichga yo‘l oldi.


Ta’kidlash lozimki, joriy yilgi musobaqada 30 dan ortiq jamoa nomi qayd etildi. O‘zbekiston futbol assotsasiyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan qur’a tashlash marosimi shaffof, adolatli va sport prinsiplariga qat’iy amal qilingan holda bo‘lib o‘tdi.


Musobaqa nizomiga koʻra, oʻyinlar 20 daqiqadan ikki boʻlim davom etadi. O‘yinlar “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tmoqda.



