Avval xabar berganimizdek, mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida turli vazirlik, idora va tashkilotlarning markaziy apparat xodimlari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha “Hukumat kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

1-img_20231025_112758_970

Mazkur “Hukumat kubogi” musobaqasida Statistika agentligining markaziy apparat xodimlaridan iborat jamoa ham ishtirok etmoqda.

2-img_20231025_112852

Statistika agentligi jamoasi dastlabki oʻyinda Bojxona qoʻmitasi jamoasini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, 1/8 final bosqichga yoʻl olgan edi.

3-photo_2023-10-25_16-34-04

1/8 final bosqichda Statistika agentligi Kadastr agentligi bilan oʻynab, 2:0 hisobida gʻalaba qozondi va chorak finalga yoʻl oldi.

4-photo_2023-10-25_16-35-10

Taʻkidlash lozimki, joriy yilgi musobaqada 30 dan ortiq jamoa nomi qayd etildi. Oʻzbekiston futbol assotsasiyasi mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan qurʻa tashlash marosimi shaffof, adolatli va sport prinsiplariga qatʻiy amal qilingan holda boʻlib oʻtdi.

5-photo_2023-10-25_16-52-05

Musobaqa nizomiga koʻra, oʻyinlar 20 daqiqadan ikki boʻlim davom etadi. Oʻyinlar “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtmoqda.

6-photo_2023-10-25_16-59-04