Joriy yilning 17-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

1-7j1a02822-7b5a9194

Tadbirda Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

3-7b5a99224-7j1a0302

Statistika agentligi direktorining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich hamda  Yuridik bo`limi boshlig'i To'xtayev Vahob Oripovich 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilinganligi va ahamiyati, bayroq so‘zining kelib chiqishi va lug‘aviy ma’nosi, millatimiz tarixidagi bayroqlarning ko‘rinishi xususida so‘z yuritishdi.

5-7b5a99206-7b5a9208

 Statistika agentligi jamoasi O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati  bilan barcha vatandoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

7