Joriy yilning 30-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida agentlik vakillar va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) xalqaro ekspertlar guruhi bilan “Sog'lom va faol uzoq umr ko'rish bo'yicha milliy strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqishni qo'llab-quvvatlash” maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi.

1-7b5a0765

2-7b5a0800

Mazkur uchrashuvda sog'liqni saqlash va qarishning hozirgi holatini ko'rib chiqish, sog'lom qarishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tavsiyalar va zarur harakatlarni ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatda sog'lom va faol uzoq umr ko'rish bo'yicha Milliy strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqishga ko'maklashish masalalari muhokama qilindi.

3-7b5a0798

4-7b5a0807

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va hamkorligi to'g'risida kelishib olishdi.

5-7b5a0784