Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-144-son farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi turli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan amaliy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

1-7b5a1239

2-7b5a1249

Joriy yilning 6-dekabr kuni Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Statistika agentligida “Aholini zilzila paytida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash” mavzusida tadbir oʻtkazildi.

3-7b5a1271

4-7b5a1241

Tadbirda Agentlik xodimlariga Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassislari tomonidan mavzu bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli favquloddagi vaziyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

5-7b5a1277

6-7b5a1278

Statistika agentligi xodimlari oʻzlari uchun kerakli boʻlgan muhim tavsiyalarga ega boʻlishdi.

7-7b5a1269