Qarshi xalqaro universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish va viloyatning demografik holati bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

1-20231128_123818-1

Davra suhbatida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, aholi soni va uning tarkibi, tug‘ilganlar, vafot etganlar, tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralganlar soni, aholining tabiiy o‘sishi bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

2-20231128_123859

Shuningdek, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi, ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari hamda shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

3-ewfgfwefo

Talabalarni qiziqtirgan savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.

4-20231128_121037