Joriy yilning 23-yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Axborot xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

1-img_20240123_084615_0

Tadbirda Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati “Kiberxavfsizlik” boʻlimi mutaxassisi Shahzod Nuriddinov boshchiligidagi vakillar hamda viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

2-img_20240123_083454_542

Muloqot davomida “Kiberxavfsizlik” boʻlimi mutaxassisi Shahzod Nuriddinov dastlab kiberjinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berib oʻtdi.

3-img_20240123_083006_164

Kiberjinoyatchilik — axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʻminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

4-tyutyutyutyutu

Shuningdek, bugungi kunda kiberxavfsizlik tushunchasining koʻlami faqatgina axborot texnologiyalari sanoatida axborotni himoyalash emas, balki kibermakon kabi mobil toʻlovlar, elektron savdo-sotiq va internet bank kabi eng soʻnggi texnologiyalar ham yuqori darajadagi xavfsizlikni talab etayotganligi aniq misollar orqali tushuntirildi.

5-img_20240123_085626_6

Tadbir soʻnggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.