2024-yilning 23-25-yanvar kunlari Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan “Statistik qoʻllanmalarning yangi tahrirlari (Toʻlov balansi boʻyicha qoʻllanma-7 va MHT-2025)” mavzusida tashkil etilgan onlayn oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

1-7b5a3084

Ushbu seminarda Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkmaniston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston va O‘zbekistondan statistika va boshqa davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

2-photo_2024-01-23_11-30-53

Seminarda Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Ganiyeva Mahbuba, Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Yunusova Mahmuda hamda Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar kiritish bo‘yicha tizimli statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i Jabbarov Bahodirlar ishtirok etishdi.

3-7b5a3085

Seminarning asosiy maqsadi yangi tahrirdagi To‘lov balansi bo‘yicha qo‘llanmaga kiritilayotgan o‘zgartirilishlar hamda Milliy hisoblar tizimining yangilanish jarayonlari, asosiy masalalari va ustunliklarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

4-7b5a3089