Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamiz boʻyicha jami 38,6 ming tonna jun qirqib olingan.

Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil etgan.

Qirqib olingan jun umumiy hajmining eng yuqori ulushi Qashqadaryo viloyati (22,1 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Shu bilan birga, Navoiy (11,8 %), Jizzax (11 %) va Buxoro (10,9 %) viloyatlarida ham qirqib olingan junning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.

8ae4bf6dbad3dac8dbcafccec4d3d154