23/02/2024

Joriy yilning 22-fevral kuni BMTning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasi vakillari va Kanada, Braziliya, Polsha, Indoneziya, Buyuk Britaniya va Niderlandiya statistika idoralari xalqaro ekspertlari ishtirokida “Katta ma’lumotlar” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi.

1-7b5a4456

Tadbirda Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Zoxidjon Ziyayev, Markaziy apparat boshqarma boshliqlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

2-7b5a4438

Vebinarda narxlar statistikasi uchun elektron savdo nuqtalarida nusxa ko‘chirish maʼlumotlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi, bu esa anʼanaviy maʼlumotlar manbalariga nisbatan bir qator afzalliklarni taqdim etishi muhokama qilindi.

3-7b5a4399

Shuningdek, ma’lumotlarning yana bir muhim yangi manbasi – web-scraping yordamida narxlarni internetdan avtomatik ravishda yig‘ish. Elektron tijorat o‘sishda davom etar ekan, onlayn sotuvchilardan narxlarni yig‘ish – ma’lumotlar ishonchli bo‘lib qolishiga yordam beradi. Ushbu ma’lumotlar manbalarining ikkalasi ham ma’lumotlar yig‘ish xarajatlarini va respondentlar ishini osonlashtiradi.

4-7b5a4417

Statistika agentligi xodimlari tomonidan “Narxlar statistikasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish – O‘zbekiston tajribasi” mavzusida taqdimot qilindi hamda Kanada, Braziliya, Polsha, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya statistika idoralari ekspertlari o‘z tavsiyalarini bildirishdi.

5-7b5a4412