28/02/2024

Joriy yilning 27-fevralidan 1-martiga qadar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh qarorgohida Statistika komissiyasining navbatdagi 55-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Statistika agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

1ergaer65g45rgdf

Tadbir doirasida BMT Statistika departamenti direktori (Stefan Shvaynfest), Open Data Watch tashkiloti rahbariyati (Shayda Badi), Islom hamkorlik tashkiloti markazi SESRICning direktori (Zexra Zyumrut Selchuk), BMTning Osiyo va Tinch okeani boʻyicha ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasi (ESKATO) Statistika boʻlimi boshligʻi (Reychl Biven), BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi Statistika boʻlimi boshligʻi (Tiina Luige), MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi rahbari (K.E.Laykam), shuningdek, Kanada (Anil Arora), Malayziya (Dr. Mohd Uzir Mahiddin), Koreya (Li Xyong Il), Singapur (dr. Ko Eng Chuan), MDH va Markaziy Osiyo davlatlari milliy statistika idoralari rahbarlari bilan uchrashilib, sohaga doir dolzarb mavzular va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

2fgjhgfg5h-dfgh12fgh

Bundan tashqari, BMTning Osiyo va Tinch okeani boʻyicha ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasi Statistika kengashi byurosi va Islom hamkorlik tashkilotining Statistika komissiyasi byurosining ishchi muhokamalarida ishtirok etildi.

3hjh32ghj2ghjgh5jh

Shuningdek, Malayziya milliy statistika idorasi rahbari bilan ikki idora oʻrtasida statistika sohasida oʻzaro hamkorlik va anglashuv memorandumi imzolandi.

4fgh2g1fgh12fgh

Delegatsiya tadbir davomida statistika sohasida qabul qilinayotgan soʻnggi xalqaro uslubiyotlar va ilgʻor xorijiy tajribalar boʻyicha maʼlumotlar bilan tanishish barobarida:

5rty5r4tsh1511gdfg

- Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha Oʻzbekistonda qoʻlga kiritilgan yutuqlarni (2023-yil yakuni boʻyicha 71,2 ball bilan 166 davlat orasida 69-oʻrin) BMT Statistika boʻlimining BRM veb-saytida eʼlon qilinishiga (havola: https://dashboards.sdgindex.org/profiles/uzbekistan);

6uyj5tj5ty5j1ty5j1ty5j

- “Ochiq maʼlumotlar xatlovi” (ODIN) baholashlarida Oʻzbekistonning erishgan yutuqlarini eʼtirof etilishiga (70 ball bilan reytingda 192 davlat orasida 30-oʻrin, Markaziy Osiyoda birinchi oʻrin);

- uchrashuvlar yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini rivojlantirish borasida muhim masalalar boʻyicha kelgusidagi hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

7uiol65ui5l56ui6luil

8uioui52o63ui5oui6o6ui

Maʼlumot uchun: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi, 1947-yilda tuzilgan boʻlib, global statistika tizimining eng yuqori organi hisoblanadi. U butun dunyodan BMTga aʼzo davlatlarning statistika idoralari rahbarlarini birlashtiradi.

Xalqaro statistika faoliyati sohasida, xususan, statistik standartlar, konsepsiyalar va uslubiyotlarni ishlab chiqish va ularni xalqaro va milliy miqyosda amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qiluvchi asosiy organ hisoblanadi.

Shuningdek, u BMT iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS)ning funksional komissiyasi boʻlib, kengashga milliy statistika tizimlarini rivojlantirish va milliy statistik maʼlumotlarning taqqoslanuvchanligini taʼminlashda, BMTning ixtisoslashtirilgan agentliklari statistika sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishda hamda statistikani va statistik uslubiyotlarni takomillashtirishda yordam beradi.

Komissiya sessiyalari har yili BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida oʻtkaziladi va statistika sohasidagi eng yuqori rasmiy xalqaro forum hisoblanadi.

Statistika komissiyasi oʻzining 75 yildan ortiq faoliyati davomida statistikaning barcha yoʻnalishlari boʻyicha asosiy xalqaro standartlar, konseptual taʼriflar va uslubiy koʻrsatmalarni muhokama qilish va qabul qilish uchun asosiy platformaga aylandi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech