Joriy yilning 26 - fevral – 8 - mart kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Statistika boshqarmasi tomonidan “Iqtisodiy faoliyatning yuqori chastotali ko‘rsatkichlari – Choraklik milliy hisoblar” mavzusida tashkil etilgan chuqurlashtirilgan darajadagi o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

1-1710232969587_p59781

Ushbu o‘quv kursida Afrika, Janubiy Amerika, Kavkaz, Karib orollari, Okeaniya, Osiyo va Yevropa davlatlarining milliy hisoblar statistikasini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan statistika xizmati vakillari ishtirok etishdi.

2-1710232741203_p95500

O‘quv kursida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Husniddin Mamatmuradov ham ishtirok etdi.

3-img_7564_p98002

Kursning asosiy maqsadi ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek iqtisodiy faoliyat bo‘yicha yuqori chastotali statistik ma’lumotlarning tabiati va potensial qo‘llanilishi, indikatorlarni tanlab olish, choraklik milliy hisoblar va yillik milliy hisoblar o‘rtasidagi muvofiqlik, mavsumiy tuzatish kiritish, ma’lumotlarni tarqatish va qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy masalalarni ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

4-pdfmailer_page-0001_p68080

Kurs davomida ishtirokchilar choraklik milliy hisoblar ko‘rsatkichlarini shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma’lumot manbalarini takomillashtirish hamda hisoblash usullari borasida o‘zaro tajriba almashishdi.

5-hq24_01-iea-group-photohghjghj_p74990