Joriy yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 26-fevral – 8-mart kunlari Vashington shahrida (AQSH) Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Salohiyatni rivojlantirish instituti tomonidan “Iqtisodiy faoliyatning yuqori chastotali ko‘rsatkichlari - Choraklik milliy hisoblar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv kursi natijalari bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda ushbu o‘quv kursida ishtirok etgan Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Husniddin Mamatmuradovning olgan bilim va ko‘nikmalari hamda yakuniy xulosalari agentlik xodimlariga yetkazildi.


Ishtirokchilar oylik iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining shakllantirilishi, ularning choraklik va yillik milliy hisoblar bilan muvofiqligi, hisob-kitoblarda benchmarking usullarining qo‘llanilishi, ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish siyosati, ma’lumotlarni e’lon qilish tartibi hamda rivojlangan mamlakatlar tajribalari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, taqdimot jarayonida ishtirokchi davlatlarda oylik va choraklik iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini shakllantirishning hozirgi holati haqida to‘xtalib o‘tildi hamda qatnashuvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berib o‘tildi.



