Joriy yilning 21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, jumladan Statistika agentligi tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari faoliyati ham cheklanadi.

Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilagan holda, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.