Navoiy viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan “Profi University” xususiy universiteti Navoiy filialida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o’tkazildi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi bo‘limi mutaxassislari, universitet o`qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Seminar davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

Uchrashuv yakunida talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.


