Joriy yilning 26-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi vakillari hamda Serbiya Respublikasi statistika boshqarmasi xodimlari oʻrtasida tajriba va amaliyot almashish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

1-7b5a5674_p35360

Uchrashuv davomida Serbiya Respublikasi Statistika idorasi vakillari statistik jarayonlarni takomillashtirish uchun foydalaniladigan statistik hisobotlarni tuzish, metama’lumotlarni umumlashtirish va turli ma’lumotlar bazalaridan statistik ma’lumotlarni birlashtirish imkonini beruvchi axborot tizimlari texnologiyasi dasturiy mahsulotini namoyish etdi.

2-7b5a5708_p76467

3-7b5a5702_p26710

Eslatib oʻtamiz, 2020-yil 4-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Serbiya Respublikasi statistika boshqarmasi oʻrtasida statistika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan edi.

4-7b5a5687_p76271

Muzokaralar yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va ikki tomon uchun qiziq bo‘lgan masalalar bo‘yicha muloqot va uchrashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

5-7b5a5685_p48397