2024-yil 27-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 18–20-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Avstraliya, Kanada, Estoniya, Finlandiya, Germaniya, Niderlandiya, Shvetsiya va Qoʻshma Shtatlarning Milliy statistika idoralari hamda Yevrostat, XVF, UNEP, UNSD, OECD va UNECE kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “Ekologik-iqtisodiy hisob tizimini joriy etish” mavzusida toʻqqizinchi seminar natijalari boʻyicha taqdimot boʻlib oʻtdi.


Taqdimotda ushbu seminarda ishtirok etgan Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi Qishloq xoʻjaligi statistikasi boʻyicha yigʻma tahliliy axborotlarni shakllantirish boʻlimi bosh mutaxassisi Dehkanova Nigoraning olgan bilim va koʻnikmalari agentlik xodimlariga yetkazildi.


Ishtirokchilar Ekologik-iqtisodiy hisob tizimini ishlab chiqish va foydalanish boʻyicha Yevropa va MDH davlatlari tajribasi, aylanma iqtisodiyotni baholash hamda mamlakatlarni Ekologik-iqtisodiy hisob tizimi bilan aylanma iqtisodiyotni boshqarish va unga oʻtish davrini baholashda qoʻllab-quvvatlovchi xalqaro tashkilotlarning faoliyati, yangilangan tegishli tasniflagichlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, taqdimot davomida ishtirokchi-mamlakatlarda Ekologik-iqtisodiy hisob tizimini shakllantirishning hozirgi holati muhokama qilindi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.



