2024- yilning 8-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi texnik yordam missiyasining milliy hisoblar statistikasi boʻyicha vakili Levan Gogoberishvili bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi markaziy apparat xodimlari hamda Levan Gogoberishvili mazkur missiyaning maqsadlari va vazifalari haqida fikr-mulohaza almashdi.

Missiyaning asosiy maqsadi – kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash hamda milliy hisoblar koʻrsatkichlarini takomillashtirishdan iborat.

Missiya dasturiga muvofiq, tashrifning birinchi kunida Statistika agentligi masʼul xodimlari Oʻzbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot hisob-kitoblari joriy amaliyotining umumiy sharhini oʻtkazdilar.

Missiya ishi davom etmoqda.



