O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2024-yilning 8 –12-aprel kunlariga belgilangan Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik yordam missiyasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Missiya dasturiga muvofiq, Statistika agentligi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha vakili Levan Gogoberishvili kuzatilmaydigan iqtisodiyotni sohalar bo‘yicha tarkibi hamda hisob-kitoblarning xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil qilishdi.

Shu bilan birga, missiya qatnashchilari kuzatilmaydigan iqtisodiyotni uy xo‘jaliklarining yakuniy iste’molga xarajatlari va asosiy vositalarining yalpi jamg‘arilishi kabi komponentlarda aks ettirilishi masalalarini ko‘rib chiqishdi.

Missiya ishi davom etmoqda.



