19/04/2024

Joriy yilning 19-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

1-7b5a6662_p78636

Shuningdek yig‘ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig‘i Gulbahor Salixova hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar,  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, hamda ijro intizomi nazoratiga oid ma’lumotlarni shakllanishtirish tartibi va uslubiyoti haqida batafsil tushuntirib berdi.

2-7b5a6675_p93625

3-7b5a6691_p53479

Tadbirda Statistika agentligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari  hamda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda ijro intizomini mustahkamlash, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 11- sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘RQ-445-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 31- maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ-5132-son qarorida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan hududiy statistika boshqarmalar xodimlari bilan fikr almashildi.

4-7b5a6685_p68453

Vebinar yakunida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

5-7b5a6679_p86452

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech