2024-yilning 15–19-aprel kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tomonidan tashkil etilgan Uy-joy narxlari indeksini hisoblash bo‘yicha mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Gruziya, O‘zbekiston, Iordaniya, Qirg‘iz Respublikasi, Armaniston, Pokiston, Tunis va Tojikiston Respublikalarining Milliy statistika idoralari hamda Markaziy bank xodimlari qatnashdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Narxlar statistikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Egamshukurov Zayniddin Sodikovich hamda 1-toifali mutaxassis Jumanazarov Kamolbek Shavkatovichlar ham ishtirok etishdi.

Shuningdek, seminarda Statistika agentligi vakillari narxlar statistikasi bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar, xususan, jarayonga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali erishilgan natijalar bo‘yicha taqdimot qildi.

Yig‘ilishda uy-joy bozori ma’lumotlarini tekshirish, tahlil qilish va vaznlar tarkibini shakllantirish usullari bo‘yicha tushunchalar berildi. XVJ ekspertlari Barra Keysi va Norbert Pfayferning ma’ruzalari tinglandi hamda uy-joy narxlari indeksini hisoblash bo‘yicha tajriba almashilib, rivojlangan davlatlar amaliyoti va hisob-kitoblar metodlari o‘rganildi.




