O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Statistika kengashining 2024-yil 22-martdagi 1-son bayonida berilgan ustuvor vazifalar ijrosini, jumladan, yuridik shaxslar hisobini yuritishda o‘zaro ma’lumotlar bir xilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasida tuzilgan ishchi guruh bilan joylarga chiqqan holda o'rganishlar olib borilmoqda.

1-photo_2024-04-18_07-51-48_p72336

Xususan, joriy yilning 18-aprel kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Statistika boshqarmasida agentlikning Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi Nurbek Sheraliyev, boshqarma xodimlari, hududiy soliq organlari hamda ishchi guruh vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

2-photo_2024-04-18_07-52-12-2_p15996

Tadbirda ishchi guruh tomonidan yuridik shaxslar faollik holati yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilishi belgilab olindi.

3-photo_2024-04-18_07-52-12_p29906

Shuningdek, korxona va tashkilotlar bazasini soliq organganlari bazasi bilan solishtirilib, aniqlagangan tafovutlarni birxillashtirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan berilga savollarga ishchi guruh vakillari tomonidan atroflicha javob berildi.