2024-yil 23-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 15–19-aprel kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) tomonidan tashkil etilgan “Uy-joy narxlari indeksini hisoblash boʻyicha mintaqaviy seminar” mavzusida seminar natijalari boʻyicha taqdimot boʻlib oʻtdi.


Taqdimotda ushbu seminarda ishtirok etgan Narxlar statistikasi boshqarmasi mutaxassislari, bo‘limi boshlig‘i Egamshukurov Zayniddin Sodikovich hamda 1-toifali mutaxassis Jumanazarov Kamolbek Shavkatovichlar olgan bilim va koʻnikmalari agentlik xodimlariga yetkazdi.


Ishtirokchilar uy-joy narxlari indeksini hisoblash boʻyicha Yevropa, xususan Irlandiya va MDH davlatlari tajribasi bilan tanishtirildi.

Shuningdek, taqdimot davomida ishtirokchi mamlakatlarda uy-joy narxlari indeksini hisoblashning hozirgi holati muhokama qilindi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.



