2024-yil 23-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 18–19-aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan tashkil etilgan ekologik monitoring va baholash bo‘yicha Ishchi guruhning 26-sessiyasi natijalariga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi.


Taqdimotda mazkur seminarda ishtirok etgan agentlikning Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Shovkat G‘ulomov sessiyasi davomida olgan bilim va koʻnikmalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.


Xususan, taqdimotda xalqaro sessiya davomida muhokama qilingan atrof-muhitni baholash jarayonini qo‘llab-quvvatlashda ekologiyaga oid ma'lumotlar va ko‘rsatkichlarni integratsiya va modernizatsiya qilish haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, atrof-muhit monitoringi va baholashda erishilgan yutuqlar, bu borada Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘llarini o‘rganish masalasida ham so‘z yuritildi.

Taqdimot so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.



