2024-yilning 23-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 17–18- aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA) tomonidan tashkil etilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) statistikasi boʻyicha MDH davlatlari milliy statistika idoralari mutaxassislarining uchrashuvi natijalari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi. 

1-7b5a6871_p90210

2-7b5a6835_p72737

Ushbu tadbirda xalqaro uchrashuvda qatnashgan Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshligʻi Qirgʻizov Dilshodbek Erkinbaevich, Notijorat tashkilotlar faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar boʻlimi bosh mutaxassisi Razakova Raʼno Mumindjanovna va Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasining Tashqi va ichki savdo statistikasi boʻyicha yigʻma tahliliy axborotlarni shakllantirish boʻlimi yetakchi mutaxassisi Salimov Nurbek Baxtiyor oʻgʻli BRM statistikasi boʻyicha taqdimot qildilar. 

3-7b5a6846_p64552

4-7b5a6860_p26695

Taqdimotda BRM ma'lumotlaridagi “boʻshliqlarni” bartaraf etish, indikatorlar monitoringi va vizualizatsiyasini takomillashtirish hamda BRM statistikasida salohiyatni oshirish yuzasidan ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash boʻyicha innovatsion yondashuvlar taqdim etildi.

5-7b5a6838_p47088

6-7b5a6833_p45154

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

7-7b5a6850_p73476