24/04/2024

Joriy yilning 19-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʻrsatish boshqarmadi boshligʻi Nurbek Sheraliyev ishtirokida, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan hududiy boʻlinmalari bilan Zoom platformasi orqali seminar tashkil qilindi.

photo_2024-04-19_17-07-11_p28074

Seminarda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasining hududiy boʻlinmalariga mahallalardagi nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar va raqam belgilari oʻrnatilmagan xonadonlarga raqam belgilarini oʻrnatish boʻyicha  tegishli topshiriklar berildi.

photo_2024-04-19_17-07-32_p33039

Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasiga raqamlanmagan uy va xonadonlarni raqamlash hamda nomi oʻzgargan va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar boʻyicha har hafta ohirida umumlashgan maʼlumotlarni taqdim qilib borish yuzasidan kelishib olindi.

photo_2024-04-19_17-07-43_p22575

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech