2024-yilning 23–25- aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan Milliy hisoblar bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

1-lhjlhjlhkljhkljklguk

Tadbirda MDH va xorijiy mamlakatlar milliy statistika xizmatlari, Markaziy (Milliy) banklar, BMT YIK, XVJ, Yevrostat va Jahon banki hamda bir qator xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirok etishdi. 

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanov ham qatnashdi.

photo_5296394292237032952_y

Seminarning asosiy maqsadi ilg‘or tajribalardan foydalanishni rag‘batlantirish hamda tavsiyalar va uslubiy materiallarni ishlab chiqishga hissa qo‘shish orqali Milliy hisoblar tizimi, To‘lov balansi va boshqa tegishli xalqaro statistika uslubiyotlarini amaliyotga joriy etishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.