2024-yil 2- may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 23–25- aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan Milliy hisoblar bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.


Taqdimotda mazkur seminarda ishtirok etgan agentlikning Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanov ishtirokchilarni yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar, “Milliy hisoblar tizimi” va “To‘lov balansi”ga kiritilishi kutilayotgan uslubiy o‘zgartirishlar bilan tanishtirdi.



Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.




