Joriy yilning 3-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazildi.

1-7b5a7615

Tadbirda Statistika agentligi markaziy apparat xodimlari hamda ESKATO ekspertlari – Richard Tonkin, Erik Diben va Sergei Goussev ishtirok etishdi.

2-7b5a7631

Ushbu ushrashuv “Osiyo-Tinch okeani mintaqasi milliy statistika idoralarining yangi, innovatsion va keng koʻlamdagi ma’lumotlar manbalaridan foydalanish salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etildi.

3-7b5a7624

Shuningdek, tadbir davomida loyiha doirasida mavjud statistik maʻlumotlar manbalarini takomillashtirish, narxlar statistikasi, maʻlumotlar infratuzilmasini yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish va tarqatish jarayonlari, geofazoviy ma’lumotlardan statistika foydalanish va ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

4-7b5a7626

Uchrashuvda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar hamda statistika sohalarida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

5-7b5a7634