2024-yilning 29-aprel – 2-may kunlari Gruziya Respublikasining Tbilisi shahrida Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining Statistika departamenti, Savdo va rivojlanish bo‘yicha BMT Konferensiyasi (YuNKTAD) hamda Gruziya Moliya vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Xizmatlarning xalqaro savdosi va raqamli savdo bo‘yicha statistika” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Armaniston, Ukraina, Tojikiston, Mongoliya, Iordaniya, Misr, Filipin, Qirg‘iz Respublikasi, Gruziya, Livan va O‘zbekiston davlatlaridan vakillar ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Irgashev Botir Samarovich ham qatnashdi.

Seminarda ishtirokchilarga xalqaro savdoning kontseptual asoslari, xizmatlar eksport-importi va raqamli savdo statistikasini baholash haqida tushunchalar berildi.


