2024-yil 8-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 29-aprel – 2-may kunlari Gruziya Respublikasining Tbilisi shahrida Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining Statistika departamenti, Savdo va rivojlanish bo‘yicha BMT Konferensiyasi (YuNKTAD) hamda Gruziya Moliya vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Xizmatlarning xalqaro savdosi va raqamli savdo bo‘yicha statistika” mavzusida mintaqaviy seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

1-7j1a6376

2-7j1a6332

Taqdimotda mazkur seminarda qatnashgan agentlikning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Botir Irgashev ishtirokchilarni xalqaro savdoning kontseptual asoslari haqida hamda xizmatlar eksport-importi va raqamli savdo statistikasini baholash bilan bog‘liq masalalar bilan tanishtirdi.

3-7j1a6357

4-7j1a6329

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

5-7j1a6349

6-7j1a6364